Global miqyosda 387 nafar jurnalist o‘z kasbiy vazifalarini bajarganligi uchun hibsda qolmoqda. Bu haqda «Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining har yili taqdim etiladigan bayonotida aytilmoqda.

Bu ko‘rsatkich 389 jurnalist hibsga olingan 2019 yilga nisbatan kamroq.

Hisobotda ta’kidlanishicha, jurnalistlarning o‘z ishi bilan bog‘liq holda hibsga olinish holatlarining 61 foizi atigi 5 mamlakatda qayd etilgan: Xitoyda 117, Saudiya Arabistonida 34, Misrda 30, Vetnamda 28 va Suriyada 27 nafar jurnalist qamoqda.

Qamoqdagi ayol jurnalistlar soni 35 foizga oshdi: 2020 yil oxirida ularning 42 nafari qamoqqa olindi. Bir yil oldin bu raqam 31 nafar edi. Yangi hibslar asosan 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan beri misli ko‘rilmagan repressiyani boshidan kechirayotgan Belorusiyada (4), shuningdek, sanitariya inqirozi tufayli repressiya kuchaygan Eronda (4) va Xitoyda (2) sodir bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, jurnalistlarni noqonuniy hibsga olishlar soni 2020 yilning mart va may oylari orasida — koronavirus butun dunyoga tarqalishining boshida — to‘rt baravarga oshdi. Fevral oyining boshidan noyabr oyining oxirigacha faqatgina ushbu huquqlarning buzilishi qayd etilganlar 35 foizni tashkil etdi (ular jismoniy zo‘ravonlik va tahdidlardan ustun bo‘lib, bu huquqlar buzilishining 30 foizini tashkil qiladi). Epidemiyani yoritgani sababli hibsga olingan jurnalistlarning 14 nafari bugun panjara ortida qolmoqda.

Shu bilan birga, bugungi kunda 54 nafar jurnalist dunyo bo‘ylab asirlikda, yana 4 nafari bedarak yo‘qolgan.

Tashkilot 29 dekabrdagi yillik hisobotida 2020 yilda o‘ldirilgan jurnalistlar sonini e’lon qiladi.