«Gazeta.uz» tonirovkani uchun onlayn ruxsatnoma olish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan. Uni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.

Avtotransport vositalarining oynalarini «tonirovka» qilish uchun onlayn tarzda ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi mumkin.

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, ushbu xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2021 yil 1 apreldan yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat qilganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi. Ya’ni 10 foiz chegirma asosida.

Davlat xizmati vakolatli organ tomonidan «Avtomototransport» avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida ko‘rsatiladi.

Bunga ko‘ra, ruxsatnoma bir yildan kam bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq orqa yon oynani tonirovka qilish narxi arzonlashtirilib, BHMning 5 baravari etib belgilangandi.

«Gazeta.uz» tonirovkani uchun onlayn ruxsatnoma olish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qilgan. Uni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.