«Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida"gi Hukumat qarori bilan ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma’rifiy «Aqlvoy» telekanali tashkil etiladi.

Telekanalning asosiy vazifalari bolalarning bilim olishida faollikni oshirish, ularda aqliy va ijodiy salohiyatni rivojlantirish (edutainment) kabi maqsadlar bo‘ladi.

Kanal Edumedia Corporation MCHJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta’sis etiladi yaratiladi. Aqlvoy respublikaning barcha hududlariga taqdim etiladigan umumiy foydalanuvchi ijtimoiy raqamli televizion eshittirishlar to‘plamiga kiritiladi. Bundan tashqari, telekanal o‘zini o‘zi moliyalashtirish asosida ishlaydi.

Telekanal 2021 yil bahorida ishga tushirilishi kutilmoqda.