11 dekabr soat 14:50larda 38 va 58-sonli avtobus haydovchilari Shota Rustaveli ko‘chacida poyga uyushtirishdi, deb xabar bermoqda Toshshahartransxizmat matbuot xizmati.

Haydovchilarning shaxsi «Toshshahartransxizmat» Yulovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat qilish boshkarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv natijasida aniqlandi.

Yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi va avariya holatini sodir etganligi uchun, ikki haydovchiga nisbatan 12 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori tomonidan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 128−5 moddasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Mazkur moddaga asosan, haydovchilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari (1 115 000 ming so‘m) miqdorida jarima belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida Toshkentda 72 va 148-avtobuslari poyga uyushtirganligi sababli to‘qnashgani xaqida xabar bergan edik. Haydovchilar ikkalasi ham ishdan bo‘shatilgan edi.