Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda oldindan tayyorlab, muzlatib qo‘ysa bo‘ladigan yeguliklar jamlanmasini taqdim etadi.

Kotletlar


Mol go‘shtidan tayyorlangan kotletlar, ko‘pchilikning sevimli taomi sanaladi. Kotletlarни tayyorlash unchalik ham qiyin emas, faqatgina qiyma, bir-necha sabzavotlar va eng asosiysi ularni mehr bilan pishirish kerak bo‘ladi xolos. Bunday kotletlarni oldindan tayyorlab, muzlatgichda saqlash mumkinligi ko‘pincha bo‘sh vaqti kam kishilarga qo‘l keladi.

Pishloqli, tovuq go‘shtidan kotletlar


Ichi yumshoqqina, usti qarsildoq, pishloqning xushbo‘y isiga to‘yintirilgan bu kotletlar og‘zingizda erib ketadi. Bu usulda tayyorlangan kotletlar oddiy kotletlarga nisbatan juda mazali, tayyorlanishi esa ular bilan deyarli bir xil. Aytgancha, bunday kotletlarni tayyorlab, 3 oygacha muzlatgichda saqlashingiz mumkin.

Tvorogli vareniklar


Bunday rus oshxonasi taomlaridan hali tayyorlab ko‘rmagan bo‘lsangiz, unda hozir buning ayni fursati. Ertalabgi nonushtada yumshoqqina, issiq vareniklar tayyorlab, hammani xursand qiling. Bolalarga qiziqroq bo‘lishi uchun ularni bolajonlaringiz bilan birga tayyorlang. Bu ularga juda yoqadi. Bunday vareniklarni ham oldindan tayyorlab, yelim xaltachalarga solib chiqish va muzxonada saqlash mumkin.

Chuchvara


Chuchvara bizlarning sevimli milliy taomlarimizdan biri bo‘lib, uni tayyorlash biroz vaqt talab qilishi mumkin. Ammo uyda tayyorlangan chuchvaraga do‘konlardagi tayyor mahsulotlarning hech biri teng kela olmaydi. Tugilgan чучvaраларни konteyner yoki yelim xaltaga solib, muzxonada ancha vaqtgacha saqlash mumkin.

Granolali batonchalar


Granolali batonchalar — cho‘ntakbop ko‘rinishdagi tayyor nonushtalar bo‘lib, uni xohlagan vaqtda ustidan iliq sut yoki yogurt solib iste’mol qilsa bo‘ladi. Bunday yegulikni tayyorlash oson bo‘lib, ular bir haftagacha yaxshi saqlanadi. Uning tarkibiga suli yormasi va xohlagan yong‘oq yoki quritilgan mevalardan ham qo‘shishingiz mumkin.

Yeryong‘oqli pasta


Mazali va foydali bo‘lmish yeryong‘oqli pastani uyda tayyorlash usulini bilasizmi? Bu juda ham oson. Bu borada qovurilgan yeryong‘oq asosiy mahsulot sanaladi. Bu juda xushbo‘y va to‘yimli shirinlik bo‘lib, pechene va nonga ham surtib yeyishga juda qulaydir. Pishiriqlarga yeryong‘oqli pasta qo‘shib yangi ta’mlar yaratish mumkin.

Qatlama xamir


Bizlarning eng sevimli pishiriqlarimizdan biri bu — somsalardir. Qatlamali va mazali somsalarning asosi bu xamir bo‘lib, bu retseptda siz uning tayyorlanish sirlari bilan tanishishingiz mumkin. Agarda uning xamirini oldindan tayyorlab muzlatgichga solib qo‘ysangiz, kutilmagan mehmon kelganida ham shoshilib qolmaysiz.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15