Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish maqsadida Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

Poyezdlar qatnovi Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida quyidagi sanalarda amalga oshiriladi:

  • 14 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti);
  • 21 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti);
  • 28 dekabr, 22:28 (Moskva vaqti).

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.

Moskvadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ veb-sayti e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.