Ijtimoiy tarmoqda Lacetti va Toyota Land Cruiser rusumli bir nechta avtomobillar guruh bo‘lib harakatlanib, boshqalarga halaqit berayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

IIV YHXBBning xabar berishicha, surishtiruv natijasida davlat raqamlari orqali ikkita Toyota Land Cruiser avtomobil egalari aniqlangan va ular bilan aloqaga chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan holat 2019 yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan.

Ushbu fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilganligi aytilmoqda.