Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir bilan ta’minlash holatini o‘rganish natijalari muhokamasi bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Unda senator Qutbiddin Burxonov fuqarolarga gazdan xavfsiz foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari to‘liq o‘tkazilmayotganligi haqida aytib o‘tdi.

«2020 yilning o‘tgan davrida is gazidan zaharlanish bilan bog‘lik jami 52 ta holat sodir bo‘lib, ulardan 39 nafar fuqaro jabrlangan va 61 nafar fuqaro vafot etgan. Gaz chaqnashi bilan bog‘liq 12 ta holat sodir bo‘lib, 147 nafar fuqaro jarohatlangan va 19 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan», — deya ma’lum qildi senator.