Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan Xalq ta’limi bo‘limi 2018 yil 1 noyabrdan 2020 yil 1 noyabrgacha bo‘lgan davri birlamchi hujjatlar asosida taftishdan o‘tkazilgan.

Shunda xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan 33,8 mlrd so‘m naqd pullar Xalq ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari tomonidan bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Aniqlanishicha, ushbu o‘zlashtirilgan mablag‘lar 2018 yilda 1,0 mlrd so‘mni, 2019 yilda 12,6 mlrd so‘mni va 2020 yilning o‘tgan davrida 20,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

O‘tkazilgan taftish yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgani ma’lum qilindi.