XTV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2021 yilning 17 yanvar kuni Xalq ta’limi vazirligi AQSHdan 6 nafar xalqaro professorni qabul qiladi. Ular tomonidan English Speaking Nation loyihasi doirasida umumta’lim maktab o‘qituvchilari uchun ingliz tili darslari va malaka oshirish seminarlari o‘tkaziladi.

Xabarda aytilishicha , 6 nafar professor 10 oy davomida Namangan, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida faoliyat olib boradi.

Amerikalik professorlar yordamida ushbu viloyatlaridagi 4000 nafar ingliz tili o‘qituvchisi o‘z malakalarini oshirish imkoniga ega bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Professorlar sertifikatlangan mutaxassislar bo‘lib, magistr va doktorlik darajalariga ega. Ular TESOL, TOEFL o‘qitish sertifikat sohiblari hisoblanadi.