10-dekabr kuni bastakor, reper Alisher Valiyev [taxallusi Morgenshtern] Toshkentga keldi. Bu haqda u o‘zining Instagram`dagi Stories`da e’lon qildi. U videoda avtomobilni o‘z egasiga topshirish maqsadida Toshkentga kelganini ta’kidlagan. Tasvirlardan u Hilton mehmonxonasi yonida ekanini ko‘rish mumkin. Hozircha bojxona to‘lovi qanchaga tushgani ma’lum emas.

Avvalroq, 18-oktabr kuni Morgenshtern Instagram саҳифасиda o‘zining Mercedes-Benz E200 avtomobili uchun tanlov e’lon қилган эди. Tanlovda qatnashgan 907 mingdan ortiq foydalanuvchilar orasida бuхоролик Azim Abdullayev ғолибликни qo‘lga kiritgan.

“Men avtomobilni dunyoning har qanday nuqtasiga yetkazib berishni va’da qilganman. O‘zbekiston bo‘lsa, O‘zbekiston-da. Agar чегаралар yopiq bo‘lsa, kutishimiz mumkin. Чегаранинг o‘zida mashinani o‘tkazib berish ham mumkin. Bojxona rasmiylashtiruvi talab qilinsa, uni ham to‘laymiz”, — degan эди bastakor.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan jonli efirda, “O‘zbekistonda mashina uchun bojxona to‘lovi qancha ekanini bilasizmi? Mashina narxiga teng ekan”, — deya xabar qoldirgan edi. O‘shanda reper qimmat bojxona to‘lovi sababli yordam ham so‘ragandi. “Biz shov-shuv ko‘tarib boramiz va mashinani hamyurtingizga topshiramiz. Sizlar ham bizga peshvoz chiqing”, — degan Morgenshtern.

Noyabr boshida Davlat bojxona qo‘mitasi dastlabki hisob-kitoblarga tayanib, avtomobilni “rastamojka” qilish 538 mln 713 ming 760 so‘m asosida bojxona to‘lovlari hisoblanganda, undirilishi mumkin bo‘lgan miqdor 353 mln 801 ming 986 so‘mni [qariyb $34 ming] tashkil etishini ma’lum qilgandi.