Davlat test markazi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020−2021-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarida qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati e’lon qilindi.

Adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga qilgan murojaatiga javoban mazkur vazirliklardan kelgan xatlar asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxatini Davlat test markazi rasmiy saytidantegishli fan va tilni tanlagan holda olish mumkin.