Bosh prokuratura matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlaganligi haqidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Xabarda keltirilishicha, 9 dekabr kuni soat 01:00 larda Andijon shahar Qo‘shariq dahasida joylashgan qo‘p qavatli uy xonadonida tabiiy gaz to‘planib qolishi va ushbu xonadonda yashovchi ayol D.M. elektr chiroqni yoqib yuborishi natijasida chaqnash kelib chiqqan. Natijada yashash uyining taxminan 30 kv. metr qismi yonib, zararlangan.

Shuningdek, chaqnash oqibatida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan uch fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.