AQSH Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) hisobotiga ko‘ra, 29 apreldan 14 noyabrgacha bo‘lgan muddat davomida vaksina sinovlarida ishtirok etgan 43 448 kishidan 6 nafari (0,01%) vafot etgan.

Ko‘ngillilarning ikki nafari vaksinani qo‘lga kiritgan, to‘rt nafariga platsebo berilgan. Vaksina berilgan ikki kishining ham yoshi 55 dan yuqori bo‘lgan. Ulardan biriga vaksinaning ikkinchi dozasi yuborilgach, 62 kun o‘tib yurak to‘xtashi kuzatilgan va uch kundan so‘ng vafot etgan. Vaksina berilgan yana bir ko‘ngilli vaksinaning birinchi dozasidan so‘ng uch kun o‘tib aterioskeroz sababli olamdan o‘tgan. Platsebo berilgan bemorlar esa miokard infarkti, gemorragik insult va boshqa noma’lum sabablarga ko‘ra vafot etishgan.

FDA, shuningdek, Pfizer va BioNTech vaksinalarning sifatini kafolatlovchi ma’lumotlarni taqdim etganliklarini qayd etdi. Preparatlar birinchi dozadan keyinoq himoya qiladi va 95% samarali hisoblanadi, deya xulosa qilmoqda boshqarma.