«Ipoteka krediti mexanizmlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Prezident farmoniga ko‘ra, xususiy pudratchilardan xonalarga bo‘linmay qurilgan kvartiralarni sotib olish uchun beriladigan ipoteka kreditlarining cheklangan miqdori quyidagicha belgilandi:

  • Umumiy maydoni 60 m² gacha bo‘lgan kvartiralar xaridi uchun — 264 mln so‘m (Toshkent shaxri uchun), 240 mln so‘m (boshqa xududlar uchun),
  • 60 m² dan ortiq bo‘lgan xonadonlar xaridi uchun — 352 mln so‘m (Toshkent shaxri uchun), 320 mln so‘m (boshqa xududlar uchun).

Shuningdek, 2020 yildagi subsidiyalar to‘lashning maqsadli mo‘ljallari doirasida subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020 yil 31 dekabrga qadar va to‘lov muddati 2021 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi.

Bundan tashqari, subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga boshqa shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkinligi belgilandi.