Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi pandemiya davrida MSKT tekshiruvlaridan o‘tishda narxlar keskin oshib ketgani bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmagani bo‘yicha izoh berdi.

«Pandemiya boshlanishidan oldin MSKT narxi taxminan 100 ming so‘m atrofida edi. Pandemiyada esa bu 300−400 ming atrofida bo‘ldi. Tadbikorlardan so‘ralganda, kasallarning soni oshib ketdi. 24 soat ishlayapmiz, shu sababli narxlarni oshirganmiz degan edi», — deb aytdi Monopoliyaga qarshi kurashish agentligi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Karimov.

«Bu tibbiy muassalarining o‘ylab chiqqan holati deb o‘ylaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Bobir Karimov.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi buni o‘rganmoqchi bo‘lganida, «Biznes-ombudsman» tomonidan tekshiruvlarsiz, bu yerda qonunbuzilish holati bo‘lmagani va tekshirish rad etilgani ma’lum qilingan. Shuningdek, qo‘mita qonunga qarshi bora olmay, tekshiruvlarni o‘tkaza olmagan.