7 dekabr kuni O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga qarab esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Harorat foni me’yoriy qiymatlardan 6−8 darajaga past bo‘lishi saqlanib turadi va 0−5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga, 8 dekabrda mamlakatning ba’zi hududlarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 10−11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari 2−7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shuningdek bu kunlarning iqlimiy me’yoridan 6−9 darajaga past bo‘ladi.