4 dekabr kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.

Unda komissiya Chortoq (A.Otaxo‘jayev), Uchqo‘rg‘on (A.Vahobov), Ohangaron (A.Abdullayev), O‘rta Chirchiq (O.Nurmatov), Urganch (F.Sharipov) tuman hokimlariga majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganliklari uchun hayfsan berdi. Ular ushbu holat yana takrorlansa, egallab turgan lavozimidan ozod etilishi bo‘yicha ogohlantirildi.

2020 yil paxta mavsumida Ishchi guruhlar tomonidan respublikaning barcha tumanlaridagi 5 861 ta ob’ektda o‘rganish ishlari olib borildi.

Ushbu mavsum davomida majburiy mehnat bo‘yicha eng ko‘p holat Namangan viloyatida aniqlangan. Jizzaxda 7 ta, Toshkent viloyatida 6 ta, Surxondaryoda 5 ta, Xorazmda 3 ta, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Farg‘ona viloyatlarida bittadan majburiy mehnat holatlari kuzatilgan.