Noyabr oyida prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligining jami 346 nafar rahbarlari attestatsiya o‘tkazilgan bo‘lib, tahlil natijalariga ko‘ra, 24% attestatsiyadan o‘tgan, 15% shartli o‘tgan va 61% rahbarlar attestatsiyadan o‘ta olmagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davgeodezkadastr matbuot xizmati xabar berdi.

3 dekabrdan boshlab Kadastr agentligining tuman-shahar filiallari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlandi. Har bir viloyat kesimida natijalar e’lon qilib boriladi.

Shuningdek, kadastr tizimidagi tozalash ishlari natijalariga ko‘ra, 1 iyundan 1 dekabrga qadar Agentlik tizimida faoliyat yuritishi davomida lavozimini suiiste’mol qilgan va aholiga xizmat ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 850 dan ortiq xodimlarning mehnat shartnomalari bekor qilingan.