Surxondaryo viloyati hokimiligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Fayzulla Mamanov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U 2000−2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, 2005−2008 yillarda O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi ijroiya qo‘mitasi apparati, 2008−2010 yillarda O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi, 2010−2013 yillarda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, 2013−2019 yillarda Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Fayzulla Mamanov 2019 yilning yanvaridan beri Toshkent viloyati, Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.