Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Volga bo‘yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bugun yog‘ingarchilik ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Janubiy va markaziy hududlarda harorat foni iqlimiy me’yorlardan 6−8 darajaga past bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika shimolida havo ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5−8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12−15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4−7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17−20 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 4−7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, lekin o‘rtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.