Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistondan yetib borgan 1 tonna quritilgan o‘riklar orasida karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizm — kapr qo‘ng‘izi (Trogoderma granarium Ev.) aniqlangan.

Zararli organizm lichinkasi 1 kg mahsulotda 2 dona miqdorida topilgan, bu partiyaning jiddiy zararlanganligini ko‘rsatadi.

Ushbu partiya Rossiya fitosanitariya talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi o‘zbekcha sertifikat bilan Rossiyaga olib kirilgan. Kapr qo‘ng‘izi O‘zbekistonda rasmiy ravishda yo‘q qilingan ob’ekt hisoblanadi.

Kapr qo‘ng‘izi ko‘plab mamlakatlarda karantin ahamiyatiga ega organizmlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, u zahiradagi mahsulotlarning 70 foizini yo‘q qilishga qodir.

Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati O‘zbekistondan quritilgan mevalar va yong‘oqlarni olib kirishni taqiqlash huquqini o‘zida saqlab qolishi haqida xabar berdi.

«Yaqin kelajakda xizmat hozirgi vaziyatni muhokama qilish uchun o‘zbek tomoni bilan muzokaralarni boshlaydi», — deyiladi xabarda.