Germaniya vakili Xelga Shmid Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YeXHT) yangi bosh kotibi bo‘ladi, deb xabar beradi RIA Novosti YeXHTning amaldagi vakili, Albaniya bosh vaziri Edi Ramuning bayonotiga asoslanib.

Shuningdek, YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili sifatida portugaliyalik Tereza Ribeyru faoliyat ko‘rsatadigan bo‘ldi. U ushbu lavozimda 2017 yil iyuldan 2020 yil iyulgacha ishlagan Arlem Dezirning o‘rnini egallaydi.

Italiyalik Matteo Mekachchi esa YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosini (DIIHB) boshqaradi.