UzAuto Motors`ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha shu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, qo‘mita Toshkent shahar ma’muriy sudining 30 oktyabrdagi hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati keltirgan. Unda hal qiluv qarori va chiqarilgan xususiy ajrimni bekor qilish, UzAuto Motors AJning shikoyat arizasini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida yangi hal qiluv qarorini qabul qilish so‘ralgan.

Apellyatsiya shikoyati O‘zbekiston MSIYUtKning 204-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilingan holda berilgan. Apellyatsiya shikoyatni qabul qilishni rad etish yoki qaytarishga asos bo‘luvchi holatlar mavjud emasligini qayd etib, 11 dekabr kuni ishni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.