Xalq deputatlari Jondor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida San’atillo Hikmatov Jondor tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

U Buxoro viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tumanning avvalgi hokimi Kamol Kamolov boshqa ishga o‘tishi sababli o‘z vazifasidan ozod etildi.