Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni munosabati bilan «Gazeta.uz» BMTning O‘zbekistondagi Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) tomonidan Daun sindromi mavjud bo‘lgan 8 yoshli Ahmadjon Ofokov haqida tayyorlangan hikoyani taqdim etadi. U oddiy maktabda o‘qiydi, har kuni mashg‘ulotlarga borishni juda yaxshi ko‘radi, tengdoshlari bilan oson do‘stlashadi va ulkan jozibaga ega.

Xalqaro nogironligi bo‘lgan insonlar kuni 1992 yildan beri har 3 oktyabrda nishonlanib kelinmoqda. Ushbu kunning asosiy maqsadi — ijtimoiy hayotning barcha sohalarida nogironligi bo‘lgan insonlar huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga e’tibor qaratish. Bu yil ushbu sana «Yana yaxshiroq qurish: COVID-19 davridan keyin imkoniyatlari cheklangan insonlar uchun imkoniyatlari cheklangan insonlar bilan birgalikda inklyuziv, qulay va barqaror dunyo tomon intilish» shiori ostida nishonlanmoqda.


Sakkiz yashar Ahmadjonda Daun sindromi bor. U Toshkent shahri, Sirg‘ali tumanidagi 284-sonli maktabnining birinchi sinf o‘quvchisi. Ahmadjon butun dunyoga nogironlik cheklov emasligini namoyish etib, tengqurlari va o‘qituvchilar bilan samimiy muloqot qiladi!

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.

Sinfda Ahmadjon hamma narsani o‘zi qiladi. U rasm chizish, o‘qish va sanashni yaxshi ko‘radi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.

Uning ustozi Ra’no Shamsitdinovaning aytishicha, Ahmadjon juda ochiq va mehribon bola. U boshqa bolalar bilan osonlikcha muloqot qiladi. Sinfdoshlar ham u bilan gaplashishni xush ko‘rishadi, shuning uchun u hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi. Ahmadjon har bir ishda haqgo‘y.

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.

«To‘g‘ri, nutqidanuqsonlar yo‘q emas, biroq biz uni ajratmasdan boshqa o‘quvchilarga bo‘lganidek munosabatdamiz. Ahmadjon barcha vazifalarni boshqaларbilan teng ravishda bajaradi. Maktab qoidalariga doim rioya qiladi».

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.

Bu yil Ahmadjon maktabda yangi do‘stlar orttirdi. Mufasira, Madina, Bobur va Ulug‘bek o‘z vazifalarini bajarib bo‘lganlaridan keyin birgalikda Ahmadjonga yozishda va mashqlarni bajarishda ko‘maklashishadi. Ularning do‘sti yordamga muhtojligini ko‘rishsa, o‘zlari yugurib kelishadi. Madina Ahmadjon bilan birga o‘tirishni iltimos qiladi.

Bolajonning sevimli mashg‘uloti — LEGO detallaridan uylar va binolar qurish. Bunda u qo‘l ostidagi bor narsalardan foydalanadi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.

Eng ko‘p kimni yaxshi ko‘rasan degan savolga Ahmadjon o‘sha zahoti o‘zini ko‘rsatdi. Keyin onasi, otasi va opachasini aytdi. Do‘sti Bobur ham ushbu ro‘yxatga kiritildi.

Qo‘llarini samolyot qanotidek yoyar ekan, sakkiz yashar bolakay kelgusida uchuvchi bo‘lishni orzu qilishini aytdi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / YUNISEF.