Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 64,5 mln ga yetdi. COVID-19 asoratlari sabab vafot etganlar soni 1,5 mln ga yaqinlashdi. 41,5 mln inson ushbu infeksiyadan to‘liq tuzalgan.

Polshada oxirgi kun davomida 13 855 ta kasallanish holatlari aniqlanib, umumiy COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi. Avvalroq Germaniyada shunday holat kuzatilib, hozirda kasallanganlar soni 1,11 mln ni tashkil qilmoqda.

Eng ko‘p zararlanganlar AQSHda bo‘lib, ularning soni 13,9 mln dan oshgan. Hindistonda ham ushbu ko‘rsatkich o‘sishda davom etmoqda va 9,5 mln dan ko‘proqni tashqil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ispaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Argentina, Kolumbiya va Meksika kabi mamlakatlarda kasallanganlar soni milliondan oshgani haqida xabar bergandik.

Bundan tashqari, hozirda Eronda koronavirus bilan kasallanganlar soni 990 mingdan, Peruda esa 963 mingdan oshdi.