XTV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, o‘tgan 11 oy davomida jami 69,8 mlrd so‘m ish haqidan o‘g‘irlik, o‘zlashtirish va ortiqcha to‘lovlarga yo‘l qo‘yilgan.

Bundan tashqari, o‘tkazilgan o‘rganish natijalari bo‘yicha:

  • 84,3 mlrd so‘m ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa noqonuniy xarajatlar;
  • 38,7 mlrd so‘m «Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonun talablariga zid ravishda amalga oshirilgan xaridlar;
  • 24,1 mlrd so‘m xatlov natijasida aniqlangan kamchiliklar;
  • 3,9 mlrd so‘m boshqa xato va kamchiliklar aniqlanganligi ma’lum qilindi.

Xabarga ko‘ra, shu davr mobaynida jami 220,8 mlrd so‘m (shundan Hisob palatasi, Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 110,9 mlrd. so‘m yoki 50,1 foiz) miqdoridagi moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, o‘rganish natijalari bo‘yicha rasmiylashtirilgan 396 ta holat bo‘yicha 149 mlrd.so‘mlik hujjatlar to‘plami qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

«UzASBO» dasturiy majmuasida ham kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaslik maqsadida tegishli modullar yaratilgan va doimiy ravishda muvofiqlashtirilib borilmoqda, deyiladi xabarda.