Vladimir Putin keyingi hafta oxirida Rossiyada koronavirusga qarshi keng qamrovli vaksinatsiyani boshlashni buyurdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Qayd etilishicha, birinchi bo‘lib o‘qituvchilar va shifokorlar emlanishi kutilmoqda. Ommaviy emlash bepul va ko‘ngilli ravishda amalga oshirilib, buning uchun «Sputnik V» vaksinasidan foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyada keyingi haftadan koronavirusga qarshi emlash boshlanishi haqida xabar berilgan edi. Mamlakat Tibbiyot va sog‘liqni saqlash mahsulotlari regulyatori Pfizer/BioNTech vaksinasidan favqulodda holatda foydalanish uchun ruxsat berdi.