1 dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga «Shaxsiy namuna» tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi.

Bundan tashqari, 2021 yildan boshlab 22 sentyabr kuni respublika bo‘yicha «Avtomobilsiz kun» sifatida e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval rahbarlar «Shaxsiy namuna» tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi haqida xabar bergan edik.