Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berishiga ko‘ra, ta’lim sifati past bo‘lgan 26 nafar maktab direktori, hamda 2 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri, 3 nafar xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Ma’lum qilinishicha, tuman va shaharlarda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda OTMga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan 106 nafar maktab direktori 10 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Bundan avval, Qarshi shahrida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov rahbarligida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda 20 nafar maktab direktorlari birorta bitiruvchilarining OTMlarga kirmaganligi sababli o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.