Samarqand viloyatida xotinini ayovsiz kaltaklab, «pampers» yedirgan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Kun.uz nashrining xabar berishicha, sudlanuvchi Karimov Sh. uzil-kesil 6 yil ozodlikdan mahrum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 103 (o‘zini-o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish), 105 (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil kesil 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Karimov Sh. jazoni maxsus koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Bundan avval, shafqatsiz kaltaklangan ayolga «himoya orderi» berilib, u va uning ikki nafar farzandlari himoyaga olingani hamda viloyat hokimligi tomonidan ikki xonali uy ajratilgani haqida xabar bergan edik.