«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi rasmiy kanali.

Ushbu unvon yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi sohasini rivojlantirishda xizmat ko‘rsatgan geologiya, geofizika, gidrogeologiya, tomografiya-geodeziya tarmog‘ining yuqori malakali geologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.