O‘zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 27 noyabr kuni qurilish obyektining ikkinchi qavatidan yiqilib tushishi natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.M. (27.10.1983 yilda tug‘ilgan) vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga oldi, jasadni vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatilmoqda.

Mahalliy prokuratura qurilish ob’ektidagi xavfsizlik choralari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilganligini tekshirmoqda.