Noyabr oyida tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlashdi. 2019 yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 1,7 foizni tashkil qilgan. Yanvar-noyabr oylarida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar 9,5 foizga o‘sdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 13,3 foizni tashkil etgan edi, deya xabar berdi Statistika qo‘mitasi.

Inflyatsiya darajasi asosiy guruhlar bo‘yicha:


2020 yilning noyabr oyida, foizdaUmumiy hisobda (2020 yil yanvar-noyabr oylarida), foizda
2019 yilning noyabr oyida, foizda
Umumiy hisobda (2019 yil yanvar-noyabr oylarida), foizda
Oziq-ovqat mahsulotlar
2,412,63,014,8
Nooziq-ovqat mahsulotlar
0,97,80,810,4
Xizmatlar
0,96,10,614,9

Joriy yilning noyabr oyida kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlaridan boshqalarga nisbatan meva-sabzavot mahsulotlari (7,8%) narxlari sezilarli darajada qimmatlashdi. Yog‘-moy mahsulotlari narxlari oy davomida 3,3 foiz, go‘sht, parranda go‘shti va baliq 1,5 foiz, shakar, choy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari 1,5 foiz, sut mahsulotlari 1,2 foizga ko‘tarildi. Umumiy ovqatlanish muassasalaridagi narxlar oy davomida 3,1 foiz, spirtli ichimliklar 1,1 foiz, alkogolsiz ichimliklar 0,3 foizga qimmatlashdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlari orasida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik avvalgi ikki oydagi kabi, avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlariga tegishli bo‘lib, bunda narxlarning o‘rtacha 1,6 foizga oshgani kuzatilgan.

Yillik davrda narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik kitoblar, gazetalar, jurnallar (14,5%), dori-darmonlar (13,4%), qurilish materiallari (11,4%) va tamaki mahsulotlariga (10,8%) tegishli.

Tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik esa maishiy va tibbiy xizmatlarga tegishli bo‘lib, narxlar oy davomida 1,6 foizga qimmatlashdi.

Yillik davrda asosiy guruhlar bo‘yicha kuzatuvdagi aholi uchun pullik xizmatlardan maktabgacha ta’lim tashkiloti (15,2%), maishiy (12,5%) va yo‘lovchi tashish transporti (10,9%) narxlarining sezilarli darajada o‘sishi qayd etildi.