«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra dekabr oyi davomida haroratning kechasi 0−5 daraja sovuqdan 2−7 daraja iliqqacha, kunduzi 0−5 daraja iliqdan 10−15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Respublikaning shimolida tunda 8−10 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Oyning ikkinchi yarmida esa 12−15 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.

Dekabrda yog‘ingarchilik yomg‘ir, qor ko‘rinishida bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilikli kunlar o‘rtacha 5 kundan 13 kungacha tashkil qilishi mumkin. Bir kecha-kunduzda maksimal yog‘inlar miqdori sutkalik me’yordan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin.

Oxirgi 10 yil ichida namgarchilik ko‘p bo‘lgan dekabrlar 2013, 2016, 2019 yillarda qayd etilgan, Masalan, 2019 yil 22 dekabrda maksimal sutkalik yog‘inlar miqdori Toshkentda 34 mm ni tashkil qilgan.

Bu yilgi dekabrda oylik yog‘inlar miqdori me’yor atrofida, ayrim joylarda me’yordan yuqori, shimolda esa ayrim joylarda me’yordan past bo‘lishi kutilmoqda.