«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 1−3 dekabr kunlari O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Ko‘pchilik viloyatlarda havo bulutli bo‘lishi, respublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Havo harorati kechalari 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5−10 daraja iliq, 2 dekabrda ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning janubida shu kunlarda havo harorati 13−15 daraja iliq bo‘ladi.

Juma kuni Qozog‘iston hududlari ustida antitsiklon kuchaya boshlaydi va shimoli-g‘arbiy oqimlar bilan sovuq havo O‘zbekiston hududlariga kirib keladi. Havo harorati kechalari 0−5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0−5 daraja iliqqacha pasayadi, bu me’yordan 3−5 darajaga pastdir. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.