Energetika vaziri Alisher Sultonov Alter Ego лойиhaсида Kirill Altmanga bergan intervyusida «O‘zbekneftgaz»ga ajratilgan beg‘araz 400,9 mlrd so‘mlik subsidiyalar, umuman, tizimdagi muammolar bo‘yicha fikr bildirdi.

Avvalroq, deputat Doniyor G‘aniyev hukumatni neft va gaz dunyoda eng serdaromad sohalardan biri bo‘lishiga qaramasdan, «O‘zbekneftgaz»ga 400,9 mlrd so‘m miqdorida «qaytarilmas» subsidiyalar bergani uchun tanqid qilgan edi. Moliya vaziri Timur Ishmetov esa «subsidiya berish neft va gaz sohasidagi ishlarning haqiqiy holatini ko‘rsatdi», degandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, transformatsiyasiz davlat korxonalari subsidiyalar olishda davom etadi va kreditlar bo‘yicha qarzlar davlat kompaniyasi ustav fondiga kiritiladi.

«Neftgaz sohasi haqida ko‘p gapirish mumkin. Agar ular rahbarimizni [prezident — tahr.] yaxshilab tinglashayotgan bo‘lishsa, rahbarimiz neftgaz sohasi rostdan ham daromadli biznes, lekin qayerda bo‘lsa ham, O‘zbekistonda emas, deya qayta-qayta ta’kidlagan edi. Men mustaqillik yillarida demayman, balki 30−35 yil davomida barchasi kompaniya ["O‘zbekneftgaz"] bankrot bo‘lishi uchun qilingan. Uzoq yilar davomida geologiya qidiruvlariga mablag‘ kiritilmagan», — deya ta’kidladi.

U, shuningdek, «O‘zbekneftgaz»dagi faoliyati haqida ham gapirdi.

«O‘zbekneftgaz» raisi birinchi o‘rinbosari sifatida 2013 yilda kelganman. O‘sha vaqtda o‘rinbosarlardan biri 2017 yilda «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi bankrot bo‘lishi aks etgan taqdimotni ko‘rsatdi. Nimaga? Bilasizki, har yili balans tuziladi. Har yili neftgaz sanoati uchun qazib olish ko‘rsatkichi pastga tushgan balans qayd etilgan. Ya’ni, balansda allaqachon tushayotgan qazib olish ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Biz neft va gazdan nima xohlayapmiz? Geologik qidiruvlarga pul kiritilmadi. Bu binoni fundamentsiz qurish demakdir. Geologik qidiruv bu asoslarning asosi hisoblanadi. Geologik qidiruv neft va gaz sanoatida yaxshi holatda 7 yil ichida yoki umuman 10 yilda natija beradigan soha. Bu barcha qazib olish va rivojlanish uchun fundament, baza hisoblanadi. U yerga mablag‘ kiritishmagan", — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, geologik qidiruv bilan davlat shug‘ullanishi — normal amaliyot. Vazir davlat rahbari geologik qidiruvni Geologiya davlat qo‘mitasiga o‘tkazib bergani, davlat istiqbolli hududlarni aniqlashi, keyin esa konkurs asosida muayyan shartlarda har qanday operatorga berilishini ta’kidladi.

«„O‘zbekneftgaz“ o‘z vaqtida „gegemon“, neftgaz sohasi bo‘yicha faoliyat yurituvchi yagona kompaniya bo‘lgan. Unga ham vazirlik, ham xo‘jalik sub’ekti deb qaralgan. Birinchi bo‘lib, bu funksiyalar bo‘lindi va vazirlik tashkil etildi. Ikkinchidan, „O‘zbekneftgaz“ kattalashtirildi. Yirik va kambag‘al kompaniyadan ko‘ra, kichik va boy kompaniyaga ega bo‘lgan yaxshi. Shuning uchun faqat ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sifatida „O‘zbeknftegaz“ qayta tashkil qilindi. „O‘ztransgaz“ esa transport kompaniyasi, qaysiki, kelajakda bozor munosabatlariga o‘tsak, u faqat transport xizmalarini ko‘rsatadi. Va „Hududgazta’minot“ istiqbolda davlat-sheriklik hamkorligiga o‘tkaziladi, har qanday holatda ham u yerga mahalliy investorlarni jalb etamiz», — dedi Sultonov.

Energetika vaziri «O‘zbekneftgaz» tizimli ravishda mavjudligini tugatish uchun yuritib kelinganini aytdi. Bunday gigantni oyoqqa turg‘azish aqlbovar ish emasligini qayd etdi. «Energiya resurslarisiz hech qanday iqtisodiyot rivojlanmaydi. Shuning uchun davlat bu kompaniyani oyoqqa turg‘azish bo‘yicha qarorlarni qabul qilmoqda», — dedi u.

Kirill Altman Sultonovga o‘sha vaqtda o‘zi shu kompaniyada rahbarlik vaqtida muammolarni hal etishga imkoni bo‘lgan yoki bo‘lmagani bilan qiziqdi.

«O‘sha vaqtda biz to‘qnashgan va hal etish zarur bo‘lgan ko‘plab boshqa muammolar ham bor edi. Yangi tarix vaqtida, so‘nggi uch-to‘rt yilda tashkilot uchun revolyutsion qarorlar qabul qilindi. Ya’ni, muqaddas deb hisoblangan narsalar shunchaki… [olib tashlandi — tahr.] va qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday qilindi. Hozir korrupsiya holatlarini muhokama qilish urfga kirgan, ha, bu ham bo‘lgan. Ha, bu hozirgi kunda ham bor, biz u bilan kurashayapmiz. Qaysidir rahbar menga „yo‘q“ desa ham, bu bor. Biz bu bilan kurashayapmiz. Muhimi, biz bu haqda gapira boshladik. Muhimi, biz buni muhokama qilishni va aslida ham unga qarshi kurasha boshladik. Quyi tizimlarda ishlaydiganlar buni tushuntirish juda qiyin, chunki ular shu bilan ishlashga odatlanib qolishgan. O‘zbeklar „tirikchilikning aybi yo‘q“, deyishi, qanaqadir ayanchli narsa. Odamlar o‘g‘irlayotganini tushunishmaydi. Men faqat ishchilar haqida gapirmayapman. Men iste’molchilar haqida ham aytayapman», — dedi vazir Alisher Sultonov.