Qirg‘iziston sobiq prezidentining ishi qayta ko‘rib chiqishga yuborildi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ishi Oliy sud tomonidan quyi istansiyaga qayta ko‘rib chiqishga yuborildi. Avvalroq, Atambayev 11 yil va ikki oy qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. — RIA Novosti.

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti: dunyo zaxiralarida 98,3 foiz kimyoviy qurollar yo‘q qilindi

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) 1-toifadagi kimyoviy qurollarning dunyo zaxiralaridagi 98,3 foizi yo‘q qilinganligini tasdiqladi. Kimyoviy qurol zaxiralariga ega bo‘lgan KQTTning yagona a’zosi AQSHdir. «31 oktyabr holatiga ko‘ra, jami 96303 metrik tonna yoki 1-toifadagi kimyoviy qurollarning 98,3 foizi yo‘q qilindi», — dedi KQTT rahbari Fernando Arias. — TASS.

Indoneziyada vulqon otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Indoneziyaning Lembata orolidagi Ili Levotolok vulqoni otilishi sababli 4 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 4 km balandlikka ko‘tarilgan kul ustuni mahalliy ayeroportni yopishga majbur qildi. O‘tish taqiqlangan vulqon atrofidagi xavfli zona 2 km dan 4 km gacha kengaytirildi. Indoneziya rasmiylari aholiga o‘zlarini vulqon kulidan himoya qilish uchun maskalardan foydalanishni maslahat berishdi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. — Interfaks.

Venesuela prezidenti o‘zining telefon raqamini oshkor qildi

Foto: Telegram’dan skrinshot

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘zining messenjerlaridagi telefon raqimini e’lon qilib, uni chatlarga qo‘shishga chaqirdi. Prezident parlament saylovlaridan bir hafta oldin mamlakat fuqarolarini bir-birini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi va ular Maduroga ishonishlari mumkinligini ta’kidladi. «Men ko‘chadan kelgan odamman. Siz menga ishonishingiz mumkin va men sizga ishonishimni bilaman», — dedi Venesuela prezidenti. — Nikolas Maduro Twitter’dagi sahifasi.

AQSHda «qora juma» o‘tgan yildagi rekordni yangiladi

AQSHda «qora juma» kuni onlayn sotuvlar hajmi rekord darajadagi 9 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 22 foizga ko‘pdir. Mamlakatda do‘konlarga tashrif buyuruvchilar soni esa 52 foizga kamaydi. Elektron bo‘lmagan savdo-sotiqdagi eng katta pasayish zargarlik buyumlari va poyabzal kabi toifalarda qayd etildi. — Associated Press.