Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va to‘yimli pitssalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitssa


Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitssa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Lavashda qilingan pitssa


Oddiy lavash xamiridan ajoyib va mazali pitssa tayyorlash mumkin. Bunday lavashning asosini esa xohishingizga qarab o‘zgartirishingiz ham mumkin.

«Pepperoni» pitssasi


Motsarella pishlog‘i bilan pishiriladigan «Pepperoni» pitssasi mashhur va eng sevimli pitssalardan biri hisoblanadi. Hozir esa uni uy sharoitida qanday tez va oson tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.

«Calzone» pitssasi


Pitssalar har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo tayyorlash texnikasi o‘sha-o‘sha: xamir yoyilib, masalliqlari teriladi. Ushbu pitssa o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘lganiga qaramay, ta’mi barchaga tanish bo‘lgan pitssalardan qolishmaydi.

«Margarita» pitssasi


Bu pitssaning tarkibi juda oddiy bo‘lib, uni quyidagilar tashkil qiladi: motsarello pishlog‘i, pomidor va unga takrorlanmas ifor bag‘ishlovchi rayhon yaproqchalari.

Italyancha yupqa xamirli pitssa


Xuddi qahvaxonalarda tortiladigan yupqa xamirli pitssalarning asl retseptini taqdim etmoqchimiz. Bunday xamirni tayyorlash juda oson. Ushbu pitssa o‘zining ta’mi bilan katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15