O‘zbekiston delegatsiyasi Suriyaga tashrif buyurib, ushbu mamlakatda qiyin ahvolga tushib qolgan respublika fuqarolari, ayollar va bolalarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha navbatdagi aksiyaning tashkiliy masalalarini o‘rgandi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda Arab Respublikasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida aksiyaning tashkiliy masalalari ishlab chiqilmoqda.

«Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O‘zbekiston Respublikasi hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, may oyida «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriyadan 155 nafar ayol va bolalar, oktyabrda esa «Mehr 2» операциясида Iroq davlatidan 64 nafar bola O‘zbekistonga olib kelingan edi.