2021 yil 1 yanvardan Turkmanistonning gazeta va jurnallari faqat elektron shaklda chiqadi. Faqatgina pensiya yoshidagilar qog‘oz shakldagilariga obuna bo‘lishlari mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ashxobod pochtasi 2021 yilga mo‘ljallangan turkman gazeta va jurnallarga obunasini yangilamoqchi bo‘lgan har bir fuqaroga yangi yildan mahalliy davriy nashrlarni faqat elektron shaklda olish mumkinligini ma’lum qildi.

Bir yoki bir nechta nashrlarga obuna bo‘lish mumkin emas, faqat mamlakatda rasmiy ravishda nashr etiladigan barcha gazeta va jurnallarga — 21 ta markaziy va mintaqaviy gazetalar va sakkizta jurnallarga obuna bo‘lish mumkin.

Turkmanistondagi deyarli barcha gazeta va jurnallar davlatga tegishli.

Barcha davriy nashrlarga gadjetga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan maxsus dastur orqali kirish mumkin bo‘ladi.