«O‘zgidromet»ning «Gazeta.uz» ga xabar berishicha, 27−29 noyabr kunlari O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi orqali Volga bo‘yi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Juma kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, kechqurun esa Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.

Shanba kuni esa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda yaxvonlik kuzatiladi.

27−28 noyabrda respublika bo‘yicha shamolning tezligi 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarida 25−27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28−29 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 5−10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5 daraja sovuqdan 3 daraja iliq bo‘ladi.

O‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10−12 darajaga past bo‘lishi kutilmoqda.