Rossiya veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati xabariga ko‘ra, 26 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida yetishtiriladigan sabzavotlarga taqiqlar kiritilgan. Ta’qiq sababi ularda karantin kasalligi tobamovirus aniqlanganligi aytilmoqda.

Cheklovlar Rossiya hududiga virusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish uchun mo‘ljallangan, deb tushuntiradi departament.

Urug‘li jigarrang burishgan virus (ToBRFV Tomato brown rugose fruit virus) sabzavot ekinlariga zarar yetkazadi, barglarda dog‘lar hosil qilib, urug‘ deformatsiyasiga olib keladi.

Agar virus yuqtirgan sabzavot sanoat issiqxonasiga tushib qolsa, bu undagi barcha o‘simliklarning to‘liq o‘limiga olib kelishi mumkin, deyiladi xabarda.