24 yanvar kuni Congress Hall majmuasida prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalariga murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar 1 mlrd 768 mln so‘mni tashkil etgan. Buni davlat xaridlari portalida keltirilgan ochiq ma’lumотларdaн ham ko‘rish mumkin. Ushbu holatga bloger Davletov.uz e’tibor qaratdi.

Tadbirda Senat va Qonunchilik palatalari a’zolari, hukumat rahbarlari, vazirlik va idoralar, shuningdek, turli sohalar vakillari ishtirok etgan.

Xarajatlarning katta qismi taklif etilgan mehmonlarni ovqatlantirishga — 1 mlrd 497,5 mln to‘g‘ri kelgan. Tadbir o‘tkazilgan joylar, sahna va uning atroflarini gullar va materiallar bilan bezash ishlariga — 250,2 mln so‘m, taklifnoma, ruxsatnoma va eslatnomalarni chop etishga — 20,3 mln so‘m sarflangan.

Davlat xaridi buyurtmachisi sifatida — Toshkent shahar hokimiyati boshqaruv apparati, ijrochi tariqasida esa — AKFA Dream World qayd etilgan. Shartnoma қуйиdaгиларни o‘z ichiga oladi:

  • Hilton Tashkent City mehmonxonasi Ballrom zalida (kongress markazi bilan yagona majmua) 800 kishiga mo‘ljallangan 447,1 mln (558,9 ming so‘m kishi boshiga) so‘mlik tushlik;
  • Shosh restoranida 400 kishiga 2023,5 mln so‘mlik tushlik (558,9 ming so‘m);
  • Toshkent-2−3−4 da 110 kishiga 61,4 mln so‘mlik tushlik (558,9 mln so‘m);
  • Foyeda 100 kishiga 7,7 mln so‘mlik nonushta (77 ming so‘m);
  • 250 kishiga Congress Hall mo‘ljallangan [1,5 mln so‘m bir kishiga], zal ijarasi — 374,5 mln so‘m, jami — 757,6 mln so‘mni tashkil etmoqda.



Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registriga muvofiq, AKFA Dream World 2017 yil 6 dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan. Registrga ko‘ra, asosiy faoliyat yo‘nalishi — motorli transport vositalarini ishlab chiqarish etib keltirilgan.

Kompaniya muassislari sifatida Wide Tent System (26,8%), Asia Electron (15,1%), Perfect Plast Profil (14,6%) hamda Artel kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi Bahodir Abdullayev (43,5%) qayd etilgan.


Toshkent hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, Hilton va Congress Hall egasi AKFA Dream World hisoblanadi. «Shunga muvofiq, unga mazkur tadbirni yuqori darajada tashkil etishga buyurtma bergan», — deya ta’kidlandi. Qo‘shimcha sifatida tadbir joyini tanlash bilan hokimiyat shug‘ullanmagani ma’lum qilindi.

Bosh vazir Abdulla Aripov imzo chekkan, hukumatning 1 iyundagi farmoyishi bilan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha 1,7 mlrd so‘m xarajatni Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armalari hisobidan qoplash va mablag‘larni Toshkent shahar hokimiyatiga ajratish yuzasidan topshiriq berilgan.

Avvalroq, «Gazeta.uz» Toshkent shahar hokimiyati boshqaruv apparati 1 mlrd so‘mga 4965 ta prezident portretlarini Kolorpak kompaniyasidan xarid qilgani haqida yozgan edi.