Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishi Olmazor bekatidan yangi qurilayotgan Sergeli metro yo‘nalishining so‘ngi bekatigacha bo‘lgan oraliqda test rejimida poyezd o‘z harakati amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Fakt 24» dasturida ma’lum qilindi.

Sinov jarayonida ustki po‘lat izlarning muntazam harakatlanishga tayyor ekanligi tasdig‘ini topdi.

Hozirda bekatlar milliy me’moriy ko‘rinishdagi ko‘rkam holatga keltirilib, so‘nggi montaj va pardozlash ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonga 1200nafarga yaqin mutaxassis va ishchi xodimlar, 100dan ortiq mashina va texnika jalb qilingan.

Mazkur yo‘nalish 5ta bekatdan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 6,2 km. Yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan mazkur yer usti metrosi orqali yo‘lovchilar Buyuk ipak yo‘li bekatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sergeliga bora oladilar.

Sergeli yo‘nalishi bir kunda qariyb 35 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Qayd etish joizki, Sergeli yer usti metrosining qurilish ishlari 2017 yilda boshlangan edi. Ushbu bunyodkorlik ishlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Ko‘prik qurilish trest» unitar korxonasi tomonidan bajarilmoqda.