Chinoz tumanidagi «Paxta Neftbazasi»da 5 ming tonna sig‘imli yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi, deya xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga bir necha daqiqada Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni to‘liq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi. Jabrlanganlar yo‘q. Voqea joyiga zararni baholash va chora ko‘rish maqsadida Energetika vaziri Alisher Sultonov yetib keldi.

Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.