Bosh prokuror buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Ahmedov Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Baxtiyor Ahmedov tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Navoiy viloyatining sobiq prokurori Shoxruh Aminovning Sirdaryo viloyatiga prokuror etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.