Germaniyaning federal kansleri Angela Merkel 25 noyabr kuni Germaniyada koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar yanvargacha uzaytirilishini ma’lum qildi, deya federal hukumat ma’lumotlariga asoslanib Meduza xabar bermoqda.

Cheklovlar 20 dekabrga qadar amal qiladi. «Ammo, biz taxmin qilmoqdamizki, infeksiya yuqori darajada tarqalsa, cheklovlar yanvar oyining boshiga qadar amal qilishiga to‘g‘ri keladi, agar biz kutilmagan pasayishlarga duch kelmasak», — deya Merkelning so‘zlarini The Local nashri keltirmoqda.

Cheklovlar 2 noyabrda joriy qilingan, dastlab ular oy oxirigacha amal qiladi deb taxmin qilingan. Mamlakatda hozirda restoran, bar, teatr va konsert zallari yopiq.

Rojdestvo va Yangi yil arafasida karantin choralari yengillashtiriladi. Shaxsiy uchrashuvlarda 10 kishigacha qatnashishi mumkin.

Germaniyaga kelganlar uchun majburiy karantin muddati 14 kundan 10 kungacha qisqartirildi.