Flydubai kompaniyasi BAAdan Isroilga haftasiga 14 reys amalga oshiradi

Flydubai kompaniyasi BAAdan Isroilga birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozni amalga oshirdi. Kompaniya «Dubay — Tel-Aviv» yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 14 reys rejalashtirilgan. BAAdan Isroilga parvoz taxminan uch soat davom etadi. Hozirda Flydubai ikki mamlakat o‘rtasida qatnayotgan yagona aviakompaniyadir. — Al-Arabiya.

BAA 13 ta davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

BAA 18 noyabrdan boshlab 13 ta (asosan islomiy) davlat fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Ro‘yxatga Jazoir, Afg‘oniston, Iroq, Eron, Yaman, Keniya, Livan, Liviya, Pokiston, Suriya, Somali, Tunis va Turkiya kiritildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu cheklov muayyan vaqt ichida amal qiladi. Cheklov muddati va sababi ko‘rsatilmagan. — Erem News.

Fransiya Senati Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

Fransiya Senati mamlakat hukumatini Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyasini qabul qildi. Hujjatni qo‘llab-quvvatlash uchun 305 senator ovoz berdi, faqat birgina Senat a’zosi qarshi ovoz berdi. Qabul qilingan rezolyutsiya Fransiya davlatini Armaniston tomoniga muhim gumanitar yordam ko‘rsatishga, shuningdek, harbiy jinoyatlarni xalqaro tergov orqali o‘tkazishni chaqirdi. Ta’kidlanishicha, hujjat ko‘chib ketganlarni qaytarishga va Armaniston madaniy va diniy merosini himoya qilishga yo‘naltirilgan. — Interfaks.

Rossiya XKS o‘rniga o‘zining orbital stansiyasini yaratishi mumkin

Foto: mks.space

Rossiya Fanlar akademiyasining kosmik kengashida Xalqaro kosmik stansiyaning ba’zi elementlari jiddiy zarar ko‘rgani va ularni yangilariga almashtirish mumkin emasligini ta’kidlashdi. 2025 yildan so‘ng XKS tizimlarining ko‘chkiga o‘xshash nosozligi boshlanadi, buning natijasida stansiyani ta’mirlash ishlari juda qimmatga tushadi. «10−15 mlrd rublga baholanadigan qo‘shimcha moliyalashtirish xarajatlari juda katta», — deydi «Energiya» raketa-kosmik korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Vladimir Solovev. XKS o‘rniga Rossiyaning xizmat ko‘rsatuvchi orbital stansiyasini (ROSS) yaratish taklif qilindi. — Nauchnaya Rossiya.

Disney pandemiya sababli 32 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Disney 2021 yilning birinchi yarmida 32 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi. Barcha ma’lumotlar qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga topshirilgan hujjatlarda keltirilgan. Sentyabr oyi oxirida Disney xodimlarni ishdan bo‘shatish rejalari haqida e’lon qilgan edi, keyinchalik 28 ming kishini ishdan bo‘shatishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, Disney’ning boshqa bo‘limlari yana 37 ming xodimni hozirda majburiy ta’tilga yuborgan. — Gazeta.uz

Germaniya hukumati karantin choralari davom ettirilishini e’lon qildi

Germaniyaning federal kansleri Angela Merkel 25 noyabr kuni Germaniyada koronavirus tufayli kiritilgan cheklovlar yanvargacha uzaytirilishini ma’lum qildi. Cheklovlar 20 dekabrga qadar amal qiladi. «Ammo, biz taxmin qilmoqdamizki, infeksiya yuqori darajada tarqalsa, cheklovlar yanvar oyining boshiga qadar amal qilishiga to‘g‘ri keladi, agar biz kutilmagan pasayishlarga duch kelmasak», — deya ta’kidladi Germaniya kansleri. — Gazeta.uz

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 60 mln dan oshdi

Jons Xopkins universiteti (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 60,4 mln ga yetdi. Eng ko‘p zararlanganlar AQSH (12,7 mln), Hindiston (9,2 mln), Braziliya (6,1 mln), Fransiya (2,2 mln) va Rossiya (2,1 mln) mamlakatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirgacha COVID-19 dan tuzalganlar soni 38,7 mln dan oshgan. Ushbu virus sabab vafot etganlar soni esa 1 mln 421 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda. — Gazeta.uz